FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Aprel 2024 2395

Rasmiylar Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayonining bugungi holati bilan tanishdi

Poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasi tobora yangicha qiyofaga kirib bormoqda. Bugun Sport vaziri Adham Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qurilish maydoniga tashrif buyurib, u yerda olib borilayotgan o‘zgarishlarni yana bir bor ko‘zdan kechirishdi.

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun barpo etilayotgan ulkan kompleksda metall-konstruksiya ishlari yakunlangan. Mutasaddilar pudratchi tashkilot hisoblangan Xitoyning “CAMCE” kompaniyasi vakillari bilan jarayon haqida batafsil suhbatlashib, ishni yanada jadallashtirish masalalarini muhokama qilishdi. 

O‘rganish davomida har bir ob’ektdagi qurilish batafsil ko‘zdan kechirildi. Ularga to‘shaladigan qoplamalar bo‘yicha ham alohida so‘z bordi. Adham Ikramov Prezidentimiz mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlayotgani, maydonlarni jihozlashda eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish lozimligi va kompleksni o‘zbek sportining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan ilmiy-metodik klasterga aylantirish kerakligini bildirdi.

Yakunda ish samaradorligini oshirish va bu boradagi kerakli yo‘nalishlar belgilab olindi.

Text to speech