10 Aprel 2024 962

Akbar Jo’rayev Jahon kubogida mutlaq chempion bo’ldi

Og’ir atletika bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Tailandning Pxuket shahrida o’tayotgan Jahon kubogida dastlabki medallarini qo’lga kiritdi. Bugun erkaklar o’rtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Akbar Jo’rayev va Sharofiddin Amriddinov kun qahramoniga aylanishdi.

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Jo’rayev dast ko’tarishda 189 kg, siltab ko’tarishda 227 kg va ikki kurash bo’yicha 416 kg bilan 3 ta oltin medalni qo’lga kiritdi. Dast ko’tarishda 170 kg qayd etgan Amriddinov ushbu dasturda bronza medaliga ega chiqdi. Uning siltab ko’tarishdagi 208 kg va ikki kurashdagi 378 kg natijalari ushbu yo’nalishlarda medallar uchun kamlik qildi.

Afsuski, ayollar o’rtasida +87 kg vazn toifasida qatnashgan Tursunoy Jabborova dast ko’tarishdagi 119 kgdan keyin musobaqani oxirigacha yakunlay olmadi.

Text to speech