10 Iyun 2021 1862

Gulnoza Matniyazova hamda Davlat Bobonovning jahon chempionatidagi ishtiroki boshlanmoqda

Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati davom etadi. Musobaqaning beshinchi kuni doirasida erkaklar -90 kg, ayollar -70 kg vazn toifasida bahs olib borishadi.

Bugun vakillarimizning ishtirokini Gulnoza Matniyazova germaniyalik Jovanna Skokkimarroga qarshi bellashuv bilan boshlaydi. Davlat Bobonov esa musobaqaga ikkinchi davradan qo‘shiladi. Yurtdoshimiz Yuri Mokanu (Moldova) hamda Sanshiro Murao (Yaponiya) juftligining g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Maʼlumot uchun, kecha musobaqada ishtirok etgan Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) bronza medali uchun kurashda imkoniyatni boy bergan. Bugun kurashayotgan vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Text to speech