10 Iyun 2021
2211
Tokio-2020 litsenziati Polshadagi xalqaro turnir g‘olibiga aylandi
Polshada sport kurashlari bo‘yicha xalqaro turnir davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kun dasturida hamyurtimiz G‘ulomjon Abdullayev -61 kg vazn toifasida turnir g‘olibiga aylandi.
Tokio-2020 litsenziati final bellashuvida o‘zi kabi Olimpiadada ishtirok etadigan hindistonlik Ravi Kumar bilan bahs olib bordi va 5:3 hisobida ustun keldi. Taʼkidlash joiz, hamyurtimiz yarim finalda boshqa bir Olimpiada ishtirokchisi, qozog‘istonlik Nurislam Sanayevni 11:3 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi kunida Rashid Qurbonov -79 kg vazn toifasida kumush, -57 kg vaznda kurashgan Mahmudjon Shavkatov esa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.