FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 Aprel 2024 2094

Merganlarimiz Rio-de-Janeyroda litsenzion musobaqaga tayyorlanishmoqda

13-19-aprel kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri oʻq otish sporti boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi musobaqaga mezbonlik qiladi. Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi turnirga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2 hafta avval mezbon shaharga yetib bordi.

Hamyurtlarimiz tabiiy iqlimga moslashish va oʻz mahoratlarini yanada oshirish maqsadida oʻquv-mashgʻulot yigʻini olib borishmoqda. Rejaga koʻra, koʻplab xorij jamoalari bilan tashkil etilgan ushbu yigʻin 11-aprelga qadar davom etadi. 12-aprel kuni merganlar musobaqadan avval rasmiy mashgʻulotni oʻtkazishadi. Shundan soʻng sportchilar Olimpiada yoʻllanmalari uchun bahsga kirishishadi.

Text to speech