4 Aprel 2024 279

Bugun ikki nafar og‘ir atletikachimizga muxlislik qilamiz

Bugun Tailandning Pxuket shahri mezbonlik qilayotgan ogʻir atletika boʻyicha Jahon kubogida navbatdagi kun bellashuvlari oʻtkaziladi. Ayni paytda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar aʼzosi Doston Yoqubov va Muhammadqodir Toshtemirov supachaga chiqishmoqda.

-73 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtlarimizning chiqishi “С” guruhiga toʻgʻri keladi. Kechki dasturda “A” guruhi vakillarining ishtiroki yakunlangach, atletlarimizning yakuniy oʻrni maʼlum boʻladi. Bellashuvlarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Text to speech