1 Aprel 2024 268

Futbolchilarimiz ertadan yig‘in boshlashadi

Timur Kapadze boshchiligidagi futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi ertadan Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydi. 16-aprel kuni Qatarda start oladigan U23 Osiyo kubogiga tayyorlanayotgan jamoamiz poytaxtimizda 6-aprelga qadar mashgʻulot oʻtkazadi. Shundan soʻng tayyorgarlikning soʻnggi bosqichi BAAda davom etadi.

Rejaga koʻra, Amirliklarda oʻtadigan yigʻin doirasida 10-aprel kuni Xitoy jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkaziladi. Mazkur yigʻinga asosan mahalliy jamoalardagi oʻyinchilar jalb etilgan. Asosiy legionerlarni jalb etish borasida muzokaralar davom etmoqda.

Text to speech