FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Aprel 2024 2364

Gimnastikachi qizlarimiz guruh mashqida bronza medaliga sazovor bo’lishdi

Fransiyaning Tye shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Gran-pri turniri yakunlandi. Musobaqaning ikkinchi kunida sportchilarimiz guruh mashqi dasturida bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Hamyurtlarimiz 3 ta tasma va 2 ta toʻpda bajarilgan mashqda 30.550 ball jamgʻarib, shosupaning uchinchi pogʻonasidan joy olishdi. Jamoa tarkibida Mumtoza Isʼhoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova ishtirok etishdi. Ushbu yoʻnalishda oltin medal mezbonlarga nasib etgan boʻlsa, meksikalik gimnastikachilar kumush medallar bilan taqdirlanishdi.

Shu tariqa, jamoamiz musobaqani 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Eslatib oʻtamiz, birinchi kun doirasida Taxmina Ikromova yakkalik dasturining koʻpkurash yoʻnalishida oltin medal bilan taqdirlangan edi.

Text to speech