9 Iyun 2021 2402

Ular Tokioga borishadi: Surxondaryolik bokschimiz Sanjar Tursunov

“Ular Tokioga borishadi” loyihamizni davom ettiramiz. Bugun e’tiboringizga boks bo‘yicha terma jamoamiz vakili Sanjar Tursunov haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

Sanjar Shokirjonovich Tursunov 1998-yil 18-avgust kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Chirchiq boks maktabi tarbiyalanuvchisi. Murabbiyi To‘lqin Qilichev.

Sanjar sportchilar oilasida tavallud topgan. Akasi Suhrob Tursunov dzyudo bo‘yicha terma jamoamiz vakili hisoblanib, bir qator xalqaro musobaqalarda g‘alaba qozongan. Uning o‘zi esa boksni tanladi va bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

2017-yil 19 yoshida Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatidagi ishtiroki orqali jahon chempionatiga yo‘l oldi. Yosh bokschimiz Gamburgda o‘tgan musobaqada ajoyib ishtirok etdi va bronza medali bilan yurtimizga qaytdi.

2018-yildan professional boksga qadam qo‘ydi. Hozirgacha 3 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi.

2019-yil Bangkokda o‘tgan Osiyo chempionatida kumush, 2021-yil Dubay mezbonlik qilgan qit’a birinchiligida esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

2020-yil Iordaniyada o‘tgan Osiyo-Okeaniya litsenzion turniridagi ishtiroki orqali Tokio-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Text to speech