FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 Mart 2024 2036

Taekvondochilarimizning xalqaro yig’ini qizg’in davom etmoqda

Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” sport bazasida taekvondo WT bo’yicha O’zbekiston, Iordaniya va Rossiya terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’ini qizg’in davom etmoqda. Mashg’ulotlarda O’zbekiston terma jamoasidan 21, Iordaniyadan 5 va Rossiyadan 32 nafar atlet qatnashyapti.

Ular orasida Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlari chempionlari Ulug’bek Rashitov (O’zbekiston) va Vladislav Larin (Rossiya), kumush medal sohiblari Solih El-Sharabati (Iordaniya) va Tatyana Minina (Rossiya), bronza medali egasi Mixail Artomonov (Rossiya), shuningdek, jahon chempionatlarining g’olib va sovrindorlarini uchratish mumkin. 29-mart kuni yig’in doirasida sparring janglari ham o’tkazilib, murabbiylar shtabi sportchilarning holatini yana bir karra ko’zdan kechirib olishdi.

Text to speech