FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Mart 2024 2330

Og‘ir atletikachilarimiz so‘nggi litsenzion turnirda ishtirok etishadi

31-mart – 11-aprel kunlari Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Bu mazkur sport turida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan eng so‘nggi turnir hisoblanadi.

Ertaga ushbu musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasining birinchi qismi Tailandga yo‘l oladi. Mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi unda qatnashadigan terma jamoa tarkibini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, quyidagi sportchilarimiz Jahon kubogiga jalb etilgan:

Erkaklar:
-73 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvar Zafarjonov
-109 kg: Akbar Joʻrayev
-109 kg: Sharofiddin Amriddinov

Ayollar:
-49 kg: Jamila Panfilova
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-81 kg: Rigina Adashbayeva
-87 kg: Nigora Suvonova
+87 kg: Tursunoy Jabborova

Text to speech