Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lib, Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi
Ayni kunlarda poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha litsenzion Osiyo chempionati bo‘lib o‘tayotgan haqida ma’lum qilgan edik. Biroz avval musobaqaning guruh mashqi dasturida ishtirok etgan qizlarimiz o‘z g‘alabalarini tantana qildilar.
Reglamentga ko‘ra, musobaqada yakkalik va guruh mashqi bo‘yicha Tokio-2020 yo‘llanmalari o‘ynalmoqda. Litsenziyalar faqat musobaqa g‘oliblarigagina taqdim qilinadi. Guruh mashqida ishtirok etgan hamyurtlarimiz 5 ta to‘p, shuningdek, 3 xalqa va 2 juft bulava dasturlarida raqobatchilarini sezilarli darajada ortda qoldirib, eng yuqori natijani qayd etishdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati.
Guruh mashqi
1. O‘zbekiston – 83.95
2. Janubiy Koreya – 61.90
3. Tailand – 43.95
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi mutasaddilarini, murabbiy Yekaterina Pirojkova, sportchilarimiz Nilufar Shomurodova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoyeva va Kamola Ernazarovani qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab qoladi.