Tennis sport turini rivojlantirishning ustuvor vazifalari muhokama qilindi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Katta tennis sport turini rivojlantirish va uning muammolari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltaboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Kamil Bayazitov, “Tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Kobiljon Usmanov, O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti Iroda Tulaganova, Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori Samuk Abidovlar ishtirok etishdi.
Suhbatda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholining keng qatlamini sport bilan, xususan, tennis bilan shug‘ullanishga jalb etish va bu orqali jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash, ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o‘tkazish, isteʼdodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, katta sport sari yetaklash, qolaversa, kadrlar tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borish orqali sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
O‘zDJTSU matbuot xizmati