9 Iyun 2021
2100
Bugun Sharofiddin va Farangiz jahon chempionatida kurashishadi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kunida erkaklar -81 kg, ayollar esa -63 kg vazn toifasida bahs olib borishadi.
Ushbu kun dasturida hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboyev va Farangiz Hojiyeva terma jamoamiz sharafini himoya qilishadi. Kuning eng birinchi bahsini Farangiz Hojiyeva boshlab beradi. 1-tatamida kechadigan bellashuvda yurtdoshimiz madagaskarlik Ayna Rasoanaivo bilan hisob-kitob qiladi. Boltaboyev esa musobaqani qatarlik Halil Rebaxiga qarshi boshlaydi.