19 Mart 2024 229

Badiiy gimnastikachilarimiz Fransiyadagi Gran-prida ishtirok etishadi

30-31-mart kunlari Fransiyaning Tye shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Gran-pri musobaqasining uchinchi bosqichi boʻlib oʻtadi. Unda dunyoning sara gimnastikachilari qatorida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishadi.

Yakkalik bahslarida Parij-2024 litsenziati Taxmina Ikromova qatnashadi. Shuningdek, hamyurtlarimiz guruh mashqida ham oʻz dasturlarini namoyish etishadi. Eslatib oʻtamiz, Taxmina Ikromova bundan avval Ispaniyada oʻtgan ikkinchi bosqichda 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.

Text to speech