FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Mart 2024 2149

Sportimiz faxriylari doimo eʼzozda

Umumxalq bayramlari arafasi muntazam ravishda sportimiz faxriylarining holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kabi millatimizga xos ezgu anʼana yoʻlga qoʻyilgan. Bugun kirib kelayotgan Navroʻz bayrami munosabati bilan bir guruh faxriylarga bayram sovgʻalari ulashildi.

Milliy Olimpiya qoʻmitasida oʻtgan tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va uzoq yillar sportimiz rivojiga hissa qoʻshgan bir guruh faxriylar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida Bahodir Maxsitovich mamlakatimizda nuroniylarni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlash, ularning holidan xabar olishdek chiroyli odat yoʻlga qoʻyilgani, davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik xususida toʻxtalib oʻtdi. Oʻz oʻrnida, Oybek Omilovich atletlarimizning bugun qoʻlga kiritayotgan muvaffaqiyatlari uchun oʻz vaqtida fidoyilarimiz tomonidan ulkan poydevor qoʻyilgani, ular yaratgan boy va katta maktab oʻzbek sporti gʻalabalari uchun asos boʻlayotganini taʼkidladi.

Tadbir yakunida sportimiz fidoyilariga Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Sport faxriylari kengashining pul mukofotlari ulashildi.

Text to speech