FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Mart 2024 2043

Kamonchilarimiz Qashqadaryodagi yangi bazada shug’ullanishmoqda

Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport majmuasida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Yangi barpo etilgan bazada sportchilar uchun yetarli sharoitlar yaratilgan boʻlib, murabbiylar shtabining rejasi asosida kunlik mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyilgan.

Yigʻin 21-mart kuni yakuniga yetadi. Shundan soʻng mashgʻulotlar Toshkent shahrida davom etadi. Mazkur yigʻinlar kelasi oy Turkiya mezbonlik qilishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqaga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston delegatsiyasi tarixda ilk bor ushbu sport turida Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Mazkur litsenziya sohibi terma jamoa aʼzosi Ziyodaxon Abdusattorova hisoblanadi.

Text to speech