FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Mart 2024 2834

Oʻzbek futboli fidoyisi Asqar Tolibjonov 70 yoshda

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Terma jamoalar markaziga uzoq yillar rahbarlik qilgan mutaxassis, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi Asqar Tolibjonov yubiley 70 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Asqar Imamdjanovichni qutlash uchun OʻFAda tadbir tashkil etildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, OʻFA Bosh kotibi Avaz Maksumov, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Oybek Kasimov mutaxassisning uzoq yillar oʻzbek futboli rivoji yoʻlida qilgan xizmatlarini alohida taʼkidlab, unga MOQning esdalik medalini topshirdi. Tadbirga yigʻilgan mehmonlar ham А.Толибжоновнинг samarali mehnatini alohida eʼtirof etib, unga uzoq umr va mustahkam salomatlik tilashdi.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ham Asqar Tolibjonovni bugungi yubiley ayyomi bilan samimiy muborakbod etib qoladi.

Text to speech