FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Mart 2024 2417

Ular Parij-2024 yo‘llanmalari uchun kurashishadi

15-16-mart kunlari Xitoyning Tayan shahrida taekvondo WT bo’yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi litsenzion musobaqa bo’lib o’tadi. Osiyo mintaqasi vakillari uchun tashkil etiladigan ushbu turnirda qatnashuvchi O’zbekiston terma jamoasi Xitoyga yetib bordi.

Ma’lumki, taekvondochilarimiz Ulug’bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) reyting orqali Olimpiada yo’llanmalariga ega chiqishgan edi. Reglamentga ko’ra, terma jamoamiz ushbu turnirda bir nafardan erkak va ayol sportchilarni ro’yxatdan o’tkazishi mumkin. Murabbiylar shtabining qaroriga binoan musobaqada Jasur Jaysunov -80 kg va Ozoda Sobirjonova -67 kg vazn toifalarida Parij-2024 litsenziyalari uchun jang qilishadi.

Bo’lajak bahslarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz!

Text to speech