FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Mart 2024 2552

Dzyudochilarimizning keyingi manzili – Tbilisi

22-24-mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri boʻlib oʻtadi. Dunyoning 79 mamlakatidan 472 nafar sportchi ishtirok etishi kutilayotgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashadi. Qayd etish joiz, ushbu turnirda ham oʻz vazn toifasida gʻalaba qozongan sportchi jahon va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari reytingi uchun 1000 ochkoga ega boʻladi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, hamyurtlarimiz Gruziyaga quyidagi tarkibda yoʻl oladi:

Erkaklar:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Murodjon Yoʻldoshev
-81 kg: Nurbek Murtozoyev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-52 kg: Gulhayo Joʻrayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova

Text to speech