FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Mart 2024 2346

Osiyo ot sportining kelajakdagi ustuvor rejalari Toshkentda ko‘rib chiqildi

Toshkentda Osiyo ot sporti federatsiyasining (AEF) Bosh assambleyasi o‘tkazildi. "InterContinental Hotel Tashkent" mehmonxonasi mezbonlik qilgan tadbirda tashkilot prezidenti shayx Hamad ibn Ali Al Attiya, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev hamda AEF ning Ijroqo‘m a'zolari ishtirok etishdi.

Assambleya mobaynida tashkilotning so‘nggi davrda olib borgan faoliyati barcha kesimlarda tahlil qilinib, kelgusi rejalar, xususan, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik dasturi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, joriy yilning 24-aprel - 5-may sanalarida yurtimizda o‘tadigan “Millatlar kubogi” va “Jahon kubogi” musobaqalari ham yig‘ilish muhokamasining kun tartibidan o‘rin oldi. Xalqaro federatsiya mutasaddilari mamlakatimizning ushbu turnirlarni yuqori saviyada o‘tkazishiga ishonch bildirdi.

O‘z o‘rnida, Shahrullo Mahmudov yurtimiz deyarli barcha sport turlari bo‘yicha yirik musobaqalarni qabul qilishga tayyor ekani, buning uchun davlatimiz tomonidan barcha zarur sharoitlar yaratib berilishini maʼlum qildi.

Bosh assambleya davomida tashkilotning mintaqaviy bo‘limlariga rahbarlar saylandi. Qolaversa, 2026-yil Yaponiyada o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, kelgusi Bosh assambleyani o‘tkazishga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Text to speech