7 Mart 2024 864

Shahrullo Mahmudov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorlanayotgan yengil atletikachilarimizning rejalari bilan tanishdi

Yengil atletika olamida qishki mavsum yakunlanib, sportchilar yoz oylarida oʻtadigan musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishni boshlash arafasida. Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashib, ularning Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarligini muhokama qildi.

Yigʻilishda Andrey Abduvaliyev boshchiligidagi mamlakat yengil atletika federatsiyasi mutasaddilari, terma jamoa murabbiylar shtabi va sportchilar ishtirok etishdi. Bosh murabbiy Goʻzal Hubbiyeva Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik olib borayotgan har bir sportchimizning individual rejalari haqida toʻxtalib, qay tartibda Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi kutilayotgani haqida maʼlumot berdi.

Oʻz navbatida Shahrullo Sharipovich davlatimiz atletlarimizning tayyorgarligini qoʻllab-quvvatlab kelayotgani, bundan keyin ham barcha sharoitlar yaratib berilishini bildirdi. Rejaga koʻra, 10-mart kuni terma jamoa Turkiyaning Belek shahriga oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga yoʻl oladi. Mazkur yigʻin yozgi mavsum oldidan tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech