8 Iyun 2021 2141

Yengil atletikachimiz Tokio-2020 normativini bajardi

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Ahamiyatlisi, bugun unda ishtirok etgan yurtdoshimiz Suhrob Xo‘jayev Tokio-2020 normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Bosqich uloqtirish bo‘yicha ishtirok etayotgan vakilimiz musobaqada 77.57 metr natija qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa Tokio-2020 normatividan 7 santimetrga yaxshiroq ko‘rsatkichdir.

Ahamiyatlisi, ushbu natija bilan vakilimiz joriy mavsum bo‘yicha qitʼa yetakchiligini mustahkamladi. Xo‘jayev qatarlik Osiyo o‘yinlari g‘olibini 3 metrdan yaxshiroq ko‘rsatgichga orta qoldirmoqda.

Shu tariqa, yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 normativini bajargan vakillarimiz soni 3 nafarga yetdi. Bungacha balandlikka sakrash bo‘yicha Svetlana Radzivil va Safina Saʼdullayeva bu boradagi vazifani uddalashgan edi.

Text to speech