5 Mart 2024 1008

Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

7-10-mart kunlari Turkiyaning Antalya shahrida sport kurashlari boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqa boʻlib oʻtadi. Dunyoning sara kurashchilarini jamlaydigan ushbu turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi katta tarkibda ishtirok etadi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqa hamyurtlarimizning kelasi oy Qirgʻizistonda oʻtadigan Osiyo chempionati va qitʼaviy litsenzion turniriga olib borayotgan tayyorgarligini koʻzdan kechirish imkoniyatini beradi. Jamoamizning Antalyaga joʻnab ketadigan tarkibi quyidagicha:

Yunon-rum kurashi:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
-60 kg: Islom Bahromov
-60 kg: Mehroj Bahromov
-67 kg: Mahmud Baxshulloyev
-67 kg: Abror Atabayev
-67 kg: Abdullo Aliyev
-77 kg: Aram Vardanyan
-77 kg: Dilshod Omongeldiyev
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Rustam Assakalov
-97 kg: Abduqodir Jalilov
-130 kg: Temurbek Nasimov

Erkin kurash:
-61 kg: Gʻulomjon Abdullayev
-61 kg: Behruz Turonmurodov
-61 kg: Sardor Roʻzimov
-65 kg: Abbos Rahmonov
-65 kg: Umid Jalolov
-70 kg: Begijon Qoʻldoshev
-86 kg: Bobur Islomov
-97 kg: Sherzod Poyonov
-125 kg: Sardor Xolmatov

Ayollar kurashi:
-50 kg: Jasmina Immayeva
-50 kg: Aktenge Keunimjayeva
-53 kg: Dilshoda Matnazarova
-53 kg: Shohida Ahmedova
-57 kg: Laylo Sobirova
-57 kg: Ulmeken Esenbayeva
-62 kg: Gulmira Aitmuratova
-68 kg: Nabira Esenbayeva
-68 kg: Ariuxan Jumabayeva

Text to speech