8 Iyun 2021
2052
Hikmatilloh To‘rayev jahon chempionatining bronza medali uchun kurashadi
Budapeshtda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Biroz avval Hikmatilloh To‘rayev (-73 kg) kechki dasturda medal uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Hamyurtimiz musobaqada chorak finaligacha mag‘lubiyatsiz yetib bordi. Yarim final yo‘lida shvetsiyalik Tommi Masiasga imkoniyatni boy bergan To‘rayev bronza medali uchun o‘tish bosqichida ispaniyalik Salvador Kasesni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub etdi. Endi turkiyalik Bilal Chiloglu final blokida hamyurtimizga qarshi bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
Bo‘lajak bellashuvda HikmatillohTo‘rayevga omad tilaymiz!