3 Mart 2024 683

Yangi zafaring muborak, Muzaffar!

Jahon chempioni, “Masters” turniri va Osiyo oʻyinlari gʻolibi Muzaffarbek Toʻraboyev (-100 kg) oʻz titullarini yana bittaga koʻpaytirdi. Dzyudochimiz Toshkentda oʻtayotgan “Katta dubulgʻa” musobaqasining finalida neytral maqomda kurashayotgan Matvey Kanikovskiyni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi. Shu tariqa, Toʻraboyev jahon va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari reytingi uchun 1000 ochkoni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻymoqda.

Text to speech