2 Mart 2024 517

Shahram Ahadov beshinchi bor “Katta dubulgʻa” turnirida sovrindor boʻldi

Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Shahram Ahadov (-73 kg) poytaxtimizda o’tayotgan “Katta dubulg’a” turnirida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yurtdoshimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda neytral atlet maqomida kurashgan Mahmadbek Mahmadbekovdan ustun kelib, beshinchi marotaba “Katta dubulgʻa” tasnifidagi musobaqaning medalini rasmiylashtirdi.

Text to speech