Everestni zabt etgan hamyurtimiz Sergey Denisenko tantanali kutib olindi
Hozir dunyoning eng abjir alpinistlari Himolay tog‘ tizmasida joylashgan sayyoramizning eng baland nuqtasi, Everest cho‘qqisini zabt etishga bel bog‘lagan. Ayni bu mavsum Everestga chiqish uchun ayni qulay fursat. Biroq bu hammaga ham nasib etavermaydi.
2021yil 1-iyun kuni hamyurtimiz Sergey Denisiyenko dengiz sathidan 8848 metr balandlikda bo‘y cho‘zgan “Dunyo tomi”ni zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Kecha tunda alpqomat alpinistimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Mazkur tadbirda Avaz Karimov boshchiligidagi Turizm va sport vazirligi mutasaddilari, MOQ vakillari, Sergey Denisiyenkoning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Mutasaddilar alpinistimizning ko‘rsatgan jasorati uchun tashakkur aytib, uning kelgusi faoliyatida ham ulkan marralarni zab etishini tilab qolishdi.