FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Fevral 2024 2078

Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan memorandum imzolagan birinchi davlat boʻldi

Qozon shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari xizmat safari davomida qator muzokaralar olib borib, oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida muhim kelishuvlarga erishishdi. Jumladan, Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Oʻzbekiston fijital sport federatsiyasi raisi Oleg Pekos boshchiligidagi mutasaddilar Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko hamda Xalqaro fijital sport federatsiyasi prezidenti Rene Fazel bilan uchrashuv oʻtkazishdi.

Dmitriy Chernishenko Rossiyadan soʻng ikkinchi boʻlib Oʻzbekistonda milliy fijital sport federatsiyasining tashkil etilganini alohida taʼkidladi. Oʻz navbatida, Rene Fazel Xalqaro federatsiyaning rejalari va yangi loyihalari xususida maʼlumot berdi.

Shuningdek, Oleg Pekos Oʻzbekiston tomoni sport olamidagi bunday yangi tashabbusni qoʻllab-quvvatlashdan mamnun ekani, bir oy ichida federatsiyada ahil jamoa tuzilib, ishlar jadal boshlab yuborilgani haqida gapirdi. Oybek Kasimov yurtimizda sport infratuzilmasining kuchayib borayotganini poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasi misolida soʻzlab berdi.

Shundan soʻng Xalqaro va Oʻzbekiston fijital sport federatsiyalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Qayd etish joiz, Oʻzbekiston Xalqaro fijital sport federatsiyasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolagan birinchi davlat boʻldi.

Text to speech