29 Fevral 2024 566

Rasuljon Abdurahimov litsenzion reytingda peshqadamlik qilmoqda

Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ikki bosqichi ortda qoldi. Xabar berganimizdek, 4 bosqich yakuniga ko‘ra, har bir yo‘nalishda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalari o‘ynaladi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda Xalqaro gimnastika federatsiyasi o‘tgan bosqichlardan so‘ng litsenzion reyting peshqadamlarini e’lon qildi. Quvonarlisi, Germaniyada o‘tgan bahslarda parallel brusdagi mashqda bronza medalini qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Rasuljon Abdurahimov ushbu yo’nalishda yetakchiga aylandi. Sportchimizga qolgan ikki bosqichda ham omad va zafarlar tilab qolamiz. Parij sari olg‘a, Rasuljon!

Text to speech