FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Fevral 2024 2486

Toshkent “Katta dubulgʻa” turniriga qurʼa tashlandi

Ertaga dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri start oladi. Bugun musobaqa oldidan qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) mutasaddilari ishtirok etishdi.

Dastavval, soʻz olgan IJF Bosh direkori Vlad Marinesku mamlakatimiz bu yilgi musobaqaga ham yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrganini bildirdi. Shuningdek, Adham Ikramov va Oybek Kasimov musobaqaga koʻrilgan tayyorgarlik, kutilayotgan natijalar, yurtimizda dzyudo ommaviyligini oshirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib oʻtishdi.

Shundan soʻng musobaqa haqida umumiy maʼlumot berildi. Unga koʻra, turnirda 68 mamlakatdan 495 nafar sportchi medallar uchun kurash olib borishadi. Saralash bahslari ertaga soat 09:00 dan, final bahslari esa 17:00 dan boshlanadi. Bellashuvlar “Humo arena”da oʻtkaziladi. Qurʼa natijalari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Text to speech