FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Fevral 2024 2163

Taekvondochilarimizning litsenzion turnirga tayyorgarligi muhokama qilindi

Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov ishtirokida taekvondo WT boʻyicha terma jamoa murabbiylar shtabi bilan yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 litsenzion turniriga tayyorgarlik koʻrib chiqildi.

Qayd etish joiz, 2023-yil yakuniga koʻra taekvondochilarimiz Ulugʻbek Rashitov hamda Svetlana Osipova Olimpiada reytingi orqali Parij-2024 yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan. Joriy yilning 15-16-mart kunlari Xitoyning Tayan shahrida Osiyo mintaqasi uchun litsenzion turnir boʻlib oʻtadi. Mutasaddilar mazkur musobaqada jamoamiz 100 foizlik natija koʻrsatib, yurtimizga maksimal yoʻllanmalar bilan qaytishlari zarurligini taʼkidlashdi.

Qayd etish joiz, terma jamoa kuni kecha Saudiya Arabistonida tashkil etilgan xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinidan qaytib keldi. Murabbiylar shtabi rasmiylarga ushbu yigʻin xulosalari, sportchilarning holati haqida maʼlumot berib, barchalari boʻlajak startga shay ekanligini maʼlum qilishdi.

Text to speech