27 Fevral 2024 322

Tanzila Narbayeva Jizzaxda yosh velosportchilar bilan uchrashdi

Jizzax viloyatiga xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosport federatsiyasi rahbari Tanzila Narbayeva viloyat hokimi Ergash Saliyev hamrohligida Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif buyurdi. Markazda velosport bilan shug‘ullanuvchi yosh o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tanzila Kamalovna yosh sportchilar bilan ko‘rishib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, o‘qish jarayonlari haqida samimiy suhbatlashdi. Ularning mashg‘ulotlardagi xavfsizligini taʼminlash, qolaversa, federatsiya viloyat bo‘limining moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash maqsadida bir dona “Damas” avtomobili, shuningdek, 10 dona trek velosipedlarini sotib olish uchun 200 million so‘m taqdim qildi. Shubhasiz, bu jizzaxlik yosh velosportchilarning ishtiyoqini yana-da kuchaytirdi.

Federatsiya raisi safar davomida velosport bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi, jizzaxlik Nozima Egamberdiyeva bilan alohida uchrashdi. Unga so‘nggi musobaqalarda yaxshi natijalar qayd etgani uchun 50 million so‘m miqdorida pul mukofotini topshirdi.

Text to speech