27 Fevral 2024 422

Mixail Kleshko yosh guruhlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi

Filippinda suv sporti turlari boʻyicha yosh guruhlari oʻrtasida 11-Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Mixail Kleshko “A” guruhida (2005-yil va undan kattalar) bronza medaliga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz 50 metrga chalqancha usulda suzish dasturida 26.18 soniya natija qayd etdi. Bu final ishtirokchilari orasida uchinchi natija boʻldi va Kleshko delegatsiyamizga ilk medalni taqdim qildi.

Text to speech