7 Iyun 2021 1712

Diyora Keldiyorova yarim finalda!

Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Biroz avval Diyora Keldiyorova (-52 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz musobaqani dastlab amerikalik Anjelika Delgadoga qarshi g‘alaba bilan boshladi. Shundan so‘ng ispaniyalik Estrella Lopes, kanadalik Yekaterina Guika, chorak finalda esa Amber Rixeulni muddatidan avval mag‘lub etdi.

Yurtdoshimiz final yo‘lida yaponiyalik Ai Shishimega qarshi tatamiga chiqadi. Ahamiyatlisi, Diyora kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida yarim finalga yo‘l olgan ilk dzyudochi qizimiz sifatida tarixga kirmoqda. Bo‘lajak bellashuvda Keldiyorovaga omad tilab qolamiz!

Text to speech