24 Fevral 2024 755

Qit’a birinchiligi yuqori notada yakunlandi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida qilichbozlik bo’yicha Osiyo chempioanti o’z yakuniga yetdi. Bugun jamoaviy dasturda xuddi kechagidek sablyachilarimiz oltin, shpagachilarimiz bronza medallariga ega chiqishdi.

Sablyachi qizlarimiz Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova barcha raqiblarini mag’lub etib, yana bir karra qit’a chempionligini qo’lga kiritishdi. Yarim finalda yaponiyalik raqibalariga imkoniyatni boy bergan shpagachi qizlarimiz Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murzatayeva, Aziza Hamidova hamda Sanam Nazarova bronza medali bilan musobaqani yakunladilar.

Eslatib o’tamiz, kechagi dasturda sablya va shpagada jang qilgan yigitlarimiz ham mos ravishda oltin hamda bronza medallariga egalik qilishgan edi.

Text to speech