7 Iyun 2021 2138

Murodjon Xolmurodovning Alp etaklaridagi mashg‘uloti boshlandi

Xabar berganimizdek, velosportning shosse yo‘nalishida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan hamyurtimiz Murodjon Xolmurodov Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish uchun Italiyaning Livinyo shahriga jo‘nab ketgan edi. Sportchimiz manzilga yetib bordi va dastlabki mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

Italiyaning Shveysariya bilan chegaradosh qismida, Alp tog‘larida joylashgan ushbu hududda veloshosse bo‘yicha Italiya terma jamoasining to‘liq tarkibi, shuningdek, Avstraliya, Rossiya va Shveysariya kabi terma jamoa vakillari ham shug‘ullanishmoqda. Sportchimiz dastlabki mashg‘ulotlarda reja bo‘yicha 120-140 km masofani bosib o‘tmoqda. Yig‘in 8 iyulga qadar davom etadi. Eʼtiboringizga mashg‘ulotlardan olingan suratlarni havola qilamiz.

Text to speech