FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Fevral 2024 2355

Karatechilarimiz Yoshlar ligasini muvaffaqiyatli boshlashdi

Ayni kunlarda BAAning Fujayra shahrida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha Yoshlar ligasi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Ortda qolgan birinchi kun Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.

Yosh karatechilarimiz kun davomida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Qayd etish joiz, ushbu turnir U-21 yosh toifasida oʻtkazilmoqda. Biroq murabbiylar shtabi unga asosan Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlari hamda Dakar-2026 oʻsmirlar yozgi Olimpiya oʻyinlariga hozirlik koʻrayotgan sportchilarni jalb qilgan. Dastlabki kunda shohsupaga koʻtarilgan karatechilar bilan tanishing:

Oltin medal:
Mehriddin Toʻraxonov (kumite, -60 kg)

Kumush medal:
Samandar Urazaliyev (yakkalik kata)

Bronza medal:
Dilnoza Qaramatdinova (kumite, -50 kg)
Abdul Vahob Rashidov (kumite, -67 kg)
Islom Ismatullayev (kumite, +84 kg)

Text to speech