FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Fevral 2024 2191

Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirida qatnashadigan dzyudochilarimiz aniq, jahon reytingi yetakchisi tarkibda yoʻq

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi 1-3-mart kunlari oʻtadigan Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri uchun terma jamoa tarkibini eʼlon qildi. Unga koʻra, musobaqada 28 nafar erkak va 25 nafar ayol, jami 53 sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Qayd etish joiz, reglament boʻyicha mezbon davlat har bir vazn toifasida 4 nafardan sportchisini roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.

Ahamiyatlisi, yil boshida 2 yirik turnirlarda oltin medalni qoʻlga kiritgan Diyora Keldiyorova tarkibga kiritilmagan. Maʼlum boʻlishicha, murabbiylar shtabi -52 kg vazn toifasida jahon reytingi peshqadamiga aylangan hamyurtimizga dam berishga qaror qilgan. Tarkibda Davlat Bobonov, Muzaffarbek Toʻraboyev, Alisher Yusupov, Gulnoza Matniyazova va boshqa barcha taniqli dzyudochilarni uchratish mumkin.

Text to speech