21 Fevral 2024 701

Oʻzbekiston delegatsiyasi rasmiylari Qozon shahriga yetib borishdi

Rossiya mezbonlik qilayotgan I “Kelajak oʻyinlari” musobaqasida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasining asosiy qismi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligida Qozon shahriga yetib bordi. Rasmiylar bellashuvlar oʻtkazilayotgan maydonlarni koʻzdan kechirib, ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Ularga Oʻzbekiston fijital sport federatsiyasi raisi Oleg Pekos hamrohlik qildi. Mutasaddilar fijital-xokkey bahslari oʻtkazilayotgan “Tatneft arena”da boʻlib, oʻyinlar qanday kechayotganiga shaxsan guvoh boʻlishdi. Qayd etish joiz, ushbu sport turida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Feniks” jamoasi bugun mezbon “Ak Bars” bilan bahs olib boradi. Oʻz navbatida, Adham Ikramov boʻlajak bahslarda yurtdoshlarimizga omad tilab oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Text to speech