7 Iyun 2021 2371

O‘zbekistonlik sambochilar qit’amizda tengsiz

Poytaxtimizda sambo bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqada qit’amizning 16 mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Chempionat yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sambochilari deyarli barcha yo‘nalishda umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Faqatgina ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda birinchilik qozog‘istonlik sambochilarga nasib etgan.

E’tiboringizga umumjamoa hisobida medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘rinlarni havola qilamiz:

O‘smirlar:
(Qizlar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qozog‘iston
3-o‘rin: Qirg‘iziston

(O‘g‘il bolalar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Tojikiston
3-o‘rin: Qozog‘iston

Yoshlar:
(Qizlar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qozog‘iston
3-o‘rin: Qirg‘iziston

(Yigitlar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qozog‘iston
3-o‘rin: Tojikiston

Kattalar:
(Ayollar)
1-o‘rin: Qozog‘iston
2-o‘rin: O‘zbekiston
3-o‘rin: Turkmaniston

(Erkaklar)
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qozog‘iston
3-o‘rin: Tojikiston

Jangovar sambo:
1-o‘rin: O‘zbekiston
2-o‘rin: Qirg‘iziston
3-o‘rin: Turkmaniston

Musobaqa davomida shuningdek Afg‘oniston, Iordaniya, Eron va Iroq vakillari ham medal qo‘lga kiritishdi.

Text to speech