19 Fevral 2024 624

"Kelajak o‘yinlari"ni g‘alaba bilan boshladik

O’zbekistonlik sportchilar Rossiyada o’tayotgan “Kelajak o’yinlari” musobaqasidagi ishtirokini boshlashdi. Dastlab fijital-xokkeychilarimiz bahslarga kirishib, ishonchli g’alabaga erishishdi.

“Feniks” nomi bilan qatnashgan jamoamiz bugun “Inter” klubi bilan bellashdi. Qarama qarshilik avval kompyuter o’yinidagi raqobatdan boshlandi. Unda hamyurtlarimiz 3:0 hisobida ustun kelishdi. Shundan so’ng tomonlar muz maydonida bellashdilar. Quvonarlisi, unda ham sportchilarimizning qo’li baland keldi 5:2. Umumiy hisob esa 8:2 ko’rinishiga keldi.

Shu tariqa, “Feniks” guruh bosqichini yirik hisobdagi g’alaba bilan boshladi. Qolgan o’yinda ham yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech