19 Fevral 2024 460

Avstraliyaga qarshi bahs vaqti ma’lum

Avval maʼlum qilganimizdek, 24-28-fevral kunlari Midori Xonda boshchiligidagi futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 saralashining soʻnggi bosqichida Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.

24-fevral kuni Toshkentda oʻtkaziladigan birinchi oʻyin soat 14:00 da boshlanadi. Bahsga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Uchrashuvga kirish bepul. Barcha futbol muxlislarini hamyurtlarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun taklif etamiz!

Text to speech