19 Fevral 2024 619

Yengil atletikachi qizlarimiz Osiyo chempionatida bronza medaliga egalik qilishdi

Eronda oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida yana bir medal qoʻlga kiritildi. Unga 400 metr masofaga estafeta dasturida yuguruvchi qizlarimiz mualliflik qilishdi.

Lidiya Podsepkina, Laylo Allaberganova, Nurxon Ochilova hamda Oʻgʻiloy Norboyevadan iborat jamoamiz 4:12.43 daqiqa vaqt koʻrsatdi. Musobaqada oltin medal Qozogʻiston jamoasiga nasib etgan boʻlsa, eronlik qizlar kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Text to speech