FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Fevral 2024 2280

Jaksibayeva Osiyo chempioni, rapirachi qizlarimizda bronza

Yosh qilichbozlarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Hafta yakuni hamyurtlarimiz nufuzli musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Bahraynda oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida yana bir oltin medal qoʻlga kiritildi. Sablya qurolida oʻsmir qizlar toifasida kechgan bahsda jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksibayeva barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Shuningdek, Tbilisi (Gruziya) mezbonlik qilgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichida rapirachi qizlarimiz jamoaviy dasturda shohsupaga koʻtarilishdi. Yarim finalda Polshaga imkoniyatni bergan qizlarimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda gonkonglik tengqurlaridan ustun kelib, bronza medallariga egalik qilishdi.

Text to speech