18 Fevral 2024 685

Dzyudochilarimiz Boku “Katta dubulg’a” turnirini uchta medal bilan yakunlashdi

Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon mezbonlik qilgan “Katta dubulg’a” musobaqasidagi ishtirokini tugatdi. Unda hamyurtlarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.

Turnirning so’nggi kunida sportchilarimizdan O’tkirbek To’raboyev bronza medali uchun kurashish bosqichigacha yetib keldi. Biroq +100 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz uchinchi o’rin uchun kechgan bahsda niderlandiyalik Yur Spaykersga imkoniyatni boy berdi. Musobaqa qahramonlarini eslab o’tamiz:

 Oltin medal:
-52 kg: Diyora Keldiyorova

 Bronza medal:
-48 kg: Halima Qurbonova
-60 kg: Doston Ro’ziyev

Text to speech