18 Fevral 2024
410
Rejepova hamda Gayupov tog‘ chang‘isi bo‘yicha mamlakat chempioni bo‘lishdi
Toshkent viloyatida tog’ chang’isi bo’yicha O’zbekiston chempionati yakunlandi. Slalom va gigant slalom yo’nalishlarida tashkil etilgan musobaqada o’nlab tog’ chang’isi ustalari g’oliblik uchun bahs olib borishda.
Ayollar o’rtasidagi bahslarda Kanvon-2024 IV qishki o’smirlar Olimpiya o’yinlari ishtirokchisi Sabina Rejepova yoshlar va kattalar toifasida birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Yigitlar o’rtasida esa Arman Gayupovga teng keladigani topilmadi. Qayd etish joiz, ushbu chempionat sportchilarga 9-10-mart kunlari Xitoyda o’tadigan o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab berdi.