16 Fevral 2024 647

Doston Roʻziyev ham shohsupada

Bokudan xushxabar davom etadi. Doston Roʻziyev (-60 kg) dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga “Katta dubulgʻa” musobaqasida navbatdagi medalni keltirdi. Hozirgina yakuniga yetgan bellashuvda sportchimiz gruzin polvoni Timur Nozadze ustidan gʻalabaga erishdi. Birozdan soʻng Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida final bellashuvida ishtirok etadi.

Text to speech