16 Fevral 2024 613

Halima Qurbonova Boku “Katta dubulgʻa” turniridagi ilk medalga mualliflik qildi

Dzyudo boʻyicha Boku “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kunida final bloki boshlandi. Dastlab -48 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bronza medali uchun bahsda hamyurtimiz Halima Qurbonova ispaniyalik Mireya Kamosga qarshi bahs olib borib, chiroyli gʻalabaga erishdi. Ushbu natija evaziga yurtdoshimiz oʻz hisobiga jahon va Parij-2024 Olimpiadasi uchun 500 reyting ochkosini ham qoʻshib qoʻymoqda.

Text to speech