Davlat Bobonovni tabriklaymiz!
Bugun dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Davlat Bobonov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
Davlat Bobonov 1997-yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi. Kurashchilar oilasida tug‘ilgan Bobonov o‘z hayotini dzyudo bilan bog‘ladi va ushbu sport turida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati (2016), Toshkent Gran-prisi (2016) va Dyusseldorf «Katta dubulg‘a» (2020) turnirlari g‘olibiga aylandi. 2020 yil O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi deb topilgan. Ayni paytda polvonimiz -90 kilogramm vazn toifasida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi pog‘onadan joy olgan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi dzyudochimizni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaydi. Polvonimizga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan zafarlar tilab, ayni kunlarda davom etayotgan jahon chempionati va yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida omad yor bo‘lsin, deb qolamiz.